Oliy Taʼlim Tizimida Talabalar Akademik Prokrastinatsiyasi Darajasini Belgilovchi Shaxsiy-determinant Omillar
Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Mazkur maqolada oliy taʼlim tizimida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida akademik prokrastinatsiya (oʻquv vazifalarini asossiz ortga surish) muammosi va uning darajasini belgilovchi shaxsiy-determinant omillar tadqiq etilgan. Maqolada talabalardagi oʻz-oʻzini samarali boshqarish, motivatsiya yetishmasligi, muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish, mukammallikka intilish (perfeksionizm) hamda iroda kabi shaxsiy xususiyatlarning akademik prokrastinatsiyaga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, soʻrovnoma va psixologik testlar yordamida talabalarning prokrastinatsiya darajasi aniqlangan.
Author: Shaxnoza Amirovna Mardiyeva
Language: Uzbek
Subfield: Clinical Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225337067
