Work

Nutq Buzilishlarini Logopedik Diagnostika Qilish Texnologiyalari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada nutq buzilishlarini aniqlash jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy logopedik diagnostika texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Logopedik diagnostika korreksion-pedagogik jarayonning muhim bosqichi sifatida qaralib, nutq buzilishining turi, darajasi, kelib chiqish sabablari hamda bolaning individual rivojlanish xususiyatlarini aniqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat, test, logopedik tekshiruv, instrumental diagnostika va raqamli texnologiyalar imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, logopedik diagnostikani takomillashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari logopedik amaliyotda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash diagnostika aniqligini oshirish, korreksion ishlarni individuallashtirish hamda pedagogik samaradorlikni ta'minlashini ko‘rsatdi. Zamonaviy tadqiqotlarda logopedik diagnostika va korreksion texnologiyalarni takomillashtirish maxsus pedagogika yo‘nalishining ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etilmoqda.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225341806
FWCI:
Cites: 1
Cited by:
Related to: 10