Xizmat Ko'rsatish Sohasida Oilaviy Tadbirkorlikni Rivojlantirishning Tashkiliy-iqtisodiy Mexanizmidagi Tizimli Muammolar Va Ularning Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi subyektlar, obyektlar, vositalar va ta'minlovchi quyi tizimlar birligi sifatida tarkiblashtirilgan hamda undagi tizimli muammolar aniqlangan. Milliy statistika qo'mitasining 2025-yilgi ma'lumotlari asosida bozor xizmatlarining 39,8 % i Toshkent shahrida jamlangani, hududiy konsentratsiya indeksi (HHI) 1910 punktni tashkil etib, teng taqsimotdagi darajadan 2,7 baravar yuqoriligi, "oilaviy tadbirkor" maqomidagi subyektlar esa yuridik shaxs tashkil etmagan kichik biznesning 0,79 % iga to'g'ri kelishi ko'rsatildi. Muammolar daraxti va mexanizm elementlari matritsasi yordamida muammolarning yakka emas, balki moliyaviy, soliq-huquqiy, tashkiliy, axborot-statistik va kadrlar quyi tizimlarining o'zaro nomuvofiqligidan kelib chiqishi asoslandi. Mexanizmni "resurs taqsimlash" modelidan "natijaga yo'naltirilgan ekotizim" modeliga o'tkazish bo'yicha takliflar berildi.
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225345359
