Work

Qon Bosimi Ortidagi Sirlar: Arterial Gipertoniyaning Genetik Va Biologik Mexanizmlari.

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada arterial gipertoniyaning rivojlanishida ishtirok etuvchi genetik, molekulyar va fiziologik mexanizmlar tahlil qilinadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2023-yilgi hisobotiga ko'ra, dunyoda 30–79 yoshdagi taxminan 1,28 milliard odam gipertoniyadan aziyat chekadi. Ko'pchilik hollarda (taxminan 90–95%) gipertoniyaning aniq bitta sababini topib bo'lmaydi. Bunday shakl essensial (birlamchi) gipertoniya deb ataladi. Zamonaviy fan uni yagona kasallik emas, balki genetik moyillik, atrof-muhit va ko'plab biologik tizimlar o'zaro ta'sirining natijasi sifatida ko'radi. Shuningdek, gipertoniyaning irsiy xususiyatlari, poligenik tabiatga ega ekanligi va genetik omillarning turmush tarzi bilan o'zaro ta'siri ko'rib chiqiladi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili arterial gipertoniyani ko'p omilli kasallik sifatida tushunish, uning xavfini erta baholash va individual profilaktika hamda davolash yondashuvlarini rivojlantirish muhimligini ko'rsatadi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225382230
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10