Work

Orolbo‘yi Hududida Biologik Xilmaxillik O‘zgarishining Tabiiy O‘choqli Infeksiyalar Epidemiologiyasiga Ta’siri

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida biologik xilma-xillikning o‘zgarishi va uning tabiiy o‘choqli infeksiyalar epidemiologiyasiga ta’siri tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi, suv rejimining o‘zgarishi va tabiiy yashash muhitlarining degradatsiyasi natijasida hayvonlar populyatsiyalari hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy rezervuarlari o‘rtasidagi ekologik munosabatlarning o‘zgarishi yoritilgan. Ayniqsa, kemiruvchilar, katta qumsichqon (Rhombomys opimus), iskabtoparlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarning leyshmanioz hamda boshqa zoonoz infeksiyalar epidemiologiyasidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, antropogen bosim va landshaft transformatsiyasining patogenlarning tabiiy aylanishiga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida izohlangan. Maqolada ekologik va epidemiologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda Orolbo‘yi hududida tabiiy o‘choqli infeksiyalarning shakllanish xususiyatlari umumlashtirilgan.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225418142
FWCI:
Cites: 5
Cited by:
Related to: 10