Insonning Bugungi Psixologik Muammolari: Shaxsiy Chegaralar, Emotsional Tuganish Va Assertiv Muloqotning Qiyosiy Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada zamonaviy inson hayotida uchraydigan ichki ziddiyatlar, shaxsiy chegaralarning buzilishi, aybdorlik hissining ortishi, boshqalarning ko‘nglini qoldirmaslik qo‘rquvi hamda emotsional tugash kabi ijtimoiy-psixologik muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi insonning o‘zligini anglash, shaxsiy chegaralarini belgilash va himoya qilish jarayonida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlarni aniqlash, shuningdek, assertiv muloqotning ruhiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ochib berishdan iboratdir. Tadqiqot metodlari sifatida germenevtik tahlil, tarixiy-qiyosiy tahlil, semiotik o‘qish va diskurs tahlilidan foydalanildi. Tahlil jarayonida A. Shopengauer, E. Fromm, Z. Freyd, A. Adler va K. G. Yungning nazariy qarashlari o‘zaro qiyoslandi. Natijada shaxsiy chegaralarning buzilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida irodaning zaiflashuvi, konformizm, ijtimoiy ma’qullanishga intilish va jamiyat talablariga haddan tashqari moslashish holatlari aniqlandi. Shuningdek, assertiv muloqot shaxsning o‘z manfaatlarini hurmat qilgan holda boshqalarning huquq va ehtiyojlarini ham e’tiborga olishiga yordam beruvchi muhim psixologik ko‘nikma sifatida asoslandi.
Author: Karimqulova Odina Jalol qizi
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225432224
