The Linguopragmatic Aspect of Non-standard Intensifiers Under Psychological Stress in the English and Uzbek Languages
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi ingliz va o‘zbek realistik nasrida nostandart intensivatorlarning funksional-pragmatik xususiyatlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot uchun so‘roq jarayonlari tasvirlangan dialogik matnlar Agata Kristinining “O‘lim Nil daryosida” (Death on the Nile, 1937) romanidan, dramatik muloqotlar matni esa Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” (1936) romanidan tanlab olindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kuchli emotsional holatdagi so‘zlovchilar an’anaviy grammatik intensivatorlar (very, juda) o‘rniga ko‘proq ekspressiv-metaforik va somatik kuchaytirgichlardan foydalanadilar. Ingliz tilidagi painfully, screamingly kabi birliklar psixologik himoya vositasi bo‘lib xizmat qilsa, o‘zbek tilidagi suyak-suyagigacha yoki o‘lguday kabi iboralar lisoniy va pragmatik muvozanatni ta’minlaydi. Tadqiqot natijasida har ikkala tilda ham stress ostida ma’no kuchaytirishning kognitiv asoslari o‘xshash ekanligi aniqlangan
Institution: Andijon davlat chet tillari instituti
Language: English
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225448533
