Sanoat Korxonalarida Texnologik Transformatsiya Jarayonida Asosiy Kapital Va Mehnat Resurslari Oʻrtasidagi Nisbatning Iqtisodiy Samaradorlikka Taʼsiri
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada sanoatda bir ishchiga toʻgʻri keladigan asosiy kapital (kapital bilan qurollanganlik) va mehnat unumdorligi oʻrtasidagi bogʻliqlik Kobb-Duglas funksiyasining intensiv shakli asosida baholandi. Togʻ-kon, ishlab chiqarish, energetika va suv taʼminoti boʻlimlari boʻyicha 2010-2024 yillarga oid rasmiy maʼlumotlardan panel tuzildi, kapital zaxirasi investitsiyalardan doimiy inventarizatsiya usulida tiklandi va 2017-2023 yillardagi asosiy vositalar balansi bilan tekshirildi. Boʻlim va yil taʼsirlari nazorat qilinganda unumdorlikning kapital bilan qurollanganlikka elastikligi 0,21 ni, faqat boʻlim taʼsirlari hisobga olinganda 0,42 ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoatida 2017-2024 yillarda mehnat unumdorligi oʻsishining 35-70 foizi kapital chuqurlashuvi hisobiga toʻgʻri keldi, kapital unumdorligi esa pasayish bosqichiga oʻtdi. Natijalar asosida kapital va mehnat nisbatini omil narxlariga moslashtirish yoʻnalishlari taklif etildi.
Institution: Ministry of Economy of the Republic of Uzbekistan
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225449558
