Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur ilmiy maqolada rivojlangan mamlakatlarda razvedka tizimining shakllanish tarixi, uning davlat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni hamda turli tarixiy davrlarda takomillashib borish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya hamda Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning razvedka organlari faoliyati, ularning tashkil topish sabablari va strategik vazifalari yoritib beriladi. Shuningdek, razvedka xizmatlarining urushlar, siyosiy inqirozlar, iqtisodiy raqobat hamda xalqaro munosabatlardagi ahamiyati tarixiy misollar asosida ko‘rib chiqiladi.
Author: Ulug‘bek Kosimjanovich Karimov
Language: English
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225453939
