Mehnat Shartnomasini Ish Beruvchining Tashabbusiga Koʻra Bekor Qilish: Huquqiy Tushuncha Va Asoslar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur ilmiy maqola Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish institutining huquqiy tushunchasi, uning huquqiy asoslari va qoʻllanilishiga oid nazariy va amaliy muammolarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda mazkur institutning huquqiy mohiyati, ish beruvchi tashabbusining huquqiy me'yorlardagi ifodalanishi, shuningdek, ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniy asoslari keng qamrovli oʻrganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonidagi huquqiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy-normativ hujjatlar tahlili, qiyosiy-huquqiy usul, tizimli yondashuv kabi ilmiy usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari aniqlangan va ushbu jarayonda ishchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors: Ibragimova, Marjona, Suvonqulov, Jamshid
Language: English
Topic: Labor Law and Work Dynamics
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225458051
