Work

Oʻzbekiston Respublikasida Mehnat Shartnomasini Ish Beruvchining Tashabbusiga Koʻra Bekor Qilishning Huquqiy Va Amaliy Jihatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan, 2023-yil 30-apreldan amalda) 161-moddasi asosida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishning huquqiy asoslari, tartibi va xodimlarni himoya qilish kafolatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bekor qilish asoslarining mazmuni, ogohlantirish muddatlari, ishdan boʻshatish nafaqasi hamda Oliy sud Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli qarorida bayon etilgan sud amaliyoti oʻrganiladi, shuningdek Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunchiligi va Xalqaro mehnat tashkilotining 158-sonli Konvensiyasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Natijada malaka yetarli boʻlmaganligi va ishlar hajmining qisqarishi kabi asoslarni qoʻllashdagi subyektivlik xavfi, qoʻpol buzishlar roʻyxatining ichki hujjatlarda belgilanishi hamda boshqa asoslarning turli qonunlarda tarqoqligi aniqlanib, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225461633
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10