Work

Sanoat Korxonalarida Qoʻshilgan Qiymatni Oshirishda Ishlab Chiqarish Va Sotish Bosqichlari Oʻrtasidagi Iqtisodiy Manfaatlarni Muvofiqlashtirish Mexanizmlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada sanoat korxonasi va mustaqil sotuvchidan iborat ikki bosqichli zanjirda ustamalarning ikki marta qoʻyilishi (double marginalisation) qoʻshilgan qiymatga taʼsiri chiziqli talabli Shtakelberg modeli asosida oʻrganildi. Muvofiqlashtirilmagan zanjir integratsiyalashgan zanjir yaratishi mumkin boʻlgan qoʻshilgan qiymatning 75 foizini, teng kuchli bosqichlar holatida 88,9 foizini yaratishi analitik tarzda isbotlandi. Daromadni taqsimlash, ikki qismli tarif va hajmga chegirma shartnomalari zanjirni toʻliq muvofiqlashtirishi, sotuvchining yutuqdagi ulushi 0,25-0,50 oraligʻida boʻlganda ikkala tomon ham foyda koʻrishi koʻrsatildi. Shartli misolda qoʻshilgan qiymat 33,3 foizga, sotish hajmi ikki baravar oshdi. 2017-2025 yillarda ishlab chiqarish sanoati va savdo yalpi qoʻshilgan qiymati dinamikasi zanjirning ikkinchi bosqichi jadal kengayganini koʻrsatdi.
Language: English
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225461902
FWCI:
Cites: 10
Cited by:
Related to: 10