Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada milliy liboslar nomlari va ular orqali ifodalanuvchi verbal birliklarning semantik xususiyatlari, lingvomadaniy mazmuni hamda milliy qadriyatlarni aks ettirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi milliy liboslar bilan bog‘liq leksik birliklarning lug‘aviy, konnotativ va ramziy ma'nolarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, semantik, kontekstual va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. O‘zbek milliy kiyimlariga oid chopon, do‘ppi, atlas, adras, belbog‘, yaktak kabi leksik birliklar tahlil obyekti sifatida olindi. Tahlil natijasida milliy libos nomlari nafaqat kiyim-kechak tushunchasini, balki xalqning ijtimoiy mavqeyi, estetik qarashlari, hududiy xususiyatlari, urf-odatlari va milliy o‘zligini ham ifodalashi aniqlandi. Milliy liboslar bilan bog‘liq verbal birliklar tilning madaniy xotirasini saqlash va avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Author: Sayyora Minavarjanovna Anvarova
Institution: Uzbek State University of World Languages
Language: English
Topic: Language and Culture
Subfield: Linguistics and Language
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225558237
