Ta’lim Muassasalarida Deviant Xulqli O‘smirlar Bilan Ishlashning Innovatsion Psixologik Mexanizmlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida deviant xulqli o‘smirlar bilan ishlashning innovatsion psixologik mexanizmlari yoritilgan. Unda o‘smirlarda deviant xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik, pedagogik va individual-psixologik omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, deviant xulqli o‘smirlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish va ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarning samaradorligi ochib beriladi. Maqolada psixologik diagnostika, individual va guruhiy psixokorreksiya, trening, art-terapiya, refleksiv yondashuv hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ta’lim muassasasida psixolog, pedagog, ota-ona va boshqa mutaxassislarning hamkorligini kuchaytirish deviant xulqning oldini olish va o‘smirning ijtimoiy-psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning muhim sharti sifatida asoslangan. Tadqiqot natijalari deviant xulqli o‘smirlar bilan ishlashda kompleks, individual va profilaktik yondashuvlarni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Author: Farida Azamovna Pulatova
Institution: Bukhara International University
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225564765
