Konstitutsiyaviy Shikoyat Instituti Samaradorligi: O‘zbekiston Modeli Vа Uni Takomillashtirish Yo‘nalishlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada konstitutsiyaviy shikoyat institutining O‘zbekistonda shakllanishi, amaldagi huquqiy modeli vа samaradorligi tahlil qilinadi. 2023-yil tahriridagi Konstitutsiya, 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonun vа PF-253-son Farmon normalari asosida shikoyat obyekti hamda uni berish shartlari o‘rganiladi. Konstitutsiyaviy sudning 2025-yildagi faoliyati statistikasi vа 2026-yil 22-sentabrdagi qarori misolida institut amaliyotidagi nomutanosiblik aniqlanib, Germaniya, Qozog‘iston vа Turkiya tajribasi bilan qiyoslash asosida qonunchilikni takomillashtirishga oid oltita taklif ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: konstitutsiyaviy shikoyat, Konstitutsiyaviy sud, konstitutsiyaviy nazorat, sud himoyasi huquqi, himoya vositalarini to‘liq qo‘llash, normativ shikoyat, konstitutsiyaviy odil sudlov, malakali yuridik yordam, qonunchilikni takomillashtirish.
Author: Islom To‘lqin o‘g‘li Choriyev
Institution: National University of Uzbekistan
Language: English
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225564966
