Work

Bo‘lajak Boshlang‘ich Sinf O‘qituvchilarida Inklyuziv Ta’limni Amalga Oshirishga Kasbiy-psixologik Tayyorgarlikni Shakllantirishning Nazariy Va Amaliy Asoslari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’limni amalga oshirishga tayyorligini rivojlantirishning mavjud holati, mazkur jarayonning pedagogik, psixologik va metodik jihatlari tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ularni umumiy ta’lim jarayoniga jalb etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy, psixologik va metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar ochib berilgan. Maqolada eshitish, ko‘rish, nutq, tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq nuqsonlari, ruhiy rivojlanishida sustlik, autistik spektr buzilishlari va boshqa alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash zarurati asoslangan. Bundan tashqari, pedagogik ta’lim jarayonida maxsus pedagogika, psixologiya, logopediya, korreksion pedagogika va assistiv texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni integratsiyalash, keys-stadi, trening, simulyatsion mashg‘ulotlar va pedagogik vaziyatlarni modellashtirishdan foydalanishning metodik imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225579446
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10