Work

Ingliz, Rus Va O‘zbek Tillarida Sun’iy Intellekt Terminlarining Leksik-semantik Va Derivatsion Xususiyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt sohasiga oid terminlarning leksik-semantik hamda derivatsion xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi terminlarning shakllanishi, semantik taraqqiyoti, tarjima qilinishi va boshqa tillarga moslashish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarning struktur-semantik xususiyatlari, so‘z yasalish modellari, o‘zlashma birliklar, kalkalash va qisqartmalar alohida o‘rganiladi. Ingliz tilida sun’iy intellekt terminologiyasining shakllanishida kompozitsiya, affiksatsiya va qisqartirish jarayonlari faol ekanligi, rus tilida so‘z yasashning affiksatsiya, kalkalash va gibrid modellarining ahamiyati, o‘zbek tilida esa tarjima, semantik moslashtirish, o‘zlashma birliklar va milliy so‘z yasash vositalarining o‘zaro ta’siri kuzatilishi asoslanadi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225582883
FWCI:
Cites: 3
Cited by:
Related to: 10