O‘zbekiston Sharoitida Tarbiyalanayotgan O‘smirlarda Xulq-atvorni O‘z-o‘zini Boshqarish Uslubining Jins Va Oila Turiga Bog‘liq Xususiyatlari
Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Maqolada O‘zbekiston sharoitida tarbiyalanayotgan o‘smirlarda xulq-atvorni o‘z-o‘zini boshqarish uslubining xususiyatlari, ularning jins va oila turiga bog‘liqligi hamda sababiy omillari yoritilgan. Tadqiqot V.I. Morosanovaning «Xulq-atvorni o‘z-o‘zini boshqarish uslubi» so‘rovnomasi asosida o‘tkazildi. Natijalar o‘smirlarda o‘z-o‘zini boshqarish asosan o‘rtacha darajada shakllanganini va uning tarkibiy bo‘g‘inlari notekis rivojlanganini ko‘rsatdi. O‘z-o‘zini boshqarish uslubida jinsga bog‘liq farqlar hamda oila tarkibining muhim ta’siri aniqlandi. Olingan natijalar yosh, ijtimoiy-madaniy, oilaviy va pedagogik omillar nuqtai nazaridan psixologik jihatdan izohlangan.
Author: Go’zal Sultonovna Yunusova
Language: Uzbek
Subfield: Clinical Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225590042
