Work

Surunkali Qaytalanuvchi Aftoz Stomatitni Kompleks Davolashda Lazer Terapiyasini Qo‘llash

Year: 2026
Type: article
Abstract: Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining takrorlanuvchi yarali shikastlanishi bilan kechadigan, bemorning ovqatlanishi, nutqi va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasallikdir. Mazkur maqolada surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashda lazer terapiyasini qo‘llashning zamonaviy ilmiy asoslari, uning og‘riq sindromi va yara bitish jarayoniga ta’siri hamda an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili past intensivlikdagi lazer terapiyasi og‘riqni kamaytirish va aftoz yaralarning bitish muddatini qisqartirishda istiqbolli usul ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, lazer parametrlarining turlicha bo‘lishi va tadqiqotlar natijalaridagi farqlar ushbu usulni yanada chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225606469
FWCI:
Cites: 5
Cited by:
Related to: 10