Work

Qoraqalpog'iston Kollektor-drenaj Suvlari Minerallashuvining Ko'p Yillik Dinamikasi, Kollektorlar Sinxronligi Va Gidro-meliorativ Nomutanosiblik Koeffitsienti (1995–2025)

Year: 2026
Type: article
Abstract: Kollektor-drenaj suvlari sug'oriladigan yerlardagi tuz balansining bevosita ko'rsatkichi bo'lib, ularning minerallashuvi meliorativ holat bilan birga baholanishi lozim. Maqolada Qoraqalpog'istondagi yettita tumanlararo kollektor (GYUKK, GLK, Ustyurt, KKC, KS-1, KS-3, KS-4) bo'yicha oylik suv sarfi va minerallashuv qatorlari (GYUKK — 1995–2025, qolganlar — 2012–2025) tahlil qilindi. Mann–Kendall testi, Sen nishabligi, Hamed–Rao tuzatmasi va Pettitt testi bilan trend va siljishlar baholandi; kollektorlar sinxronligi Kendall muvofiqlik koeffitsienti (W), dispersion tahlil va bosh komponentlar usuli bilan o'lchandi; kollektorlar bo'yicha panel regressiya Driscoll–Kraay xatolari bilan baholandi. Yetti kollektor o'rtacha minerallashuvi 2012–2025-yillarda 2,56 dan 3,91 g/l gacha (52,3 %) oshgan (τ = 0,52; p = 0,012; panel β = 0,083 g/l yiliga) va 2021-yilda maksimumga (4,44 g/l) yetgan; shu yili yettala kollektorda ko'rsatkich o'z medianasidan yuqori bo'lgan. Kollektorlar o'rtacha-kuchli sinxron o'zgaradi (W = 0,558; p < 0,001). Shu davrda kuchli sho'rlangan yerlar ulushi 2000–2025-yillarda 10 dan 4 foizga kamaygan. Ikki qarama-qarshi yo'nalishni solishtirish uchun taklif etilgan gidro-meliorativ nomutanosiblik koeffitsienti (GMNK) 2021-yilda 128,8, 2025-yilda 107,9 ga yetdi (τ = 0,65; p = 0,0015). Natijalar tavsifiy bo'lib, suv sarfi va tuz yuki ma'lumotlari bilan tekshirilishi lozim.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225611170
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: