Orolqumda Chang Emissiyasining Potensial Sezgirligini Ochiq Sun'iy Yo'ldosh Va Reanaliz Ma'lumotlari Asosida Baholash (2018–2026)
Year: 2026
Type: article
Abstract: Orolning qurigan tubi — Markaziy Osiyodagi eng yirik chang-tuz manbalaridan biri, biroq mintaqadagi 26 ma'muriy birlikdan atmosfera havosining yer usti o'lchovlari faqat ikkitasida olib boriladi. Maqolada ochiq sun'iy yo'ldosh (Sentinel-2, MODIS MAIAC, Sentinel-5P) va ERA5-Land reanaliz ma'lumotlari asosida Orolqumning potensial chang emissiyasi sezgirligi xaritasi tuzildi, indeksning og'irliklarga sezgirligi tekshirildi va dala tekshiruvi uchun 20 ta ustuvor nomzod katak ajratildi. Tahlil hududi (68 365 km²) Orolning 1960-yilgi sathidan (53 m) pastda joylashgan eng katta yaxlit maydon sifatida SRTM relyefida aniqlandi. 2019–2025-yillarda ochiq tuproq maydoni 6 204 km² ga oshgan, o'simlik qoplami 50,2 foizga qisqargan. Kuchli (≥ 6 m/s) shamol soatlari ulushi aprel (33,4 %) va may (33,9 %) oylarida eng yuqori bo'lib, sirt namligi eng past bo'lgan davrga to'g'ri keladi; ustun shamol NE–NNE yo'nalishida. Quruqlikning 6 380 km² i (10,1 %) "juda yuqori" sezgirlik sinfiga kirdi; zona maydoni muqobil og'irliklarda 5 972–6 659 km² oralig'ida qoldi (Jaccard J = 0,91–0,99). Tanlangan 20 ta katak (jami 498 km²) Z1 va Z2 sektorlarida joylashgan. Indeks fizik emissiya modeli emas: u o'lchangan emissiyani emas, nisbiy sezgirlikni ifodalaydi va dalada tasdiqlanishi lozim.
Authors: Saydullayev, O.A., Saidov, J.E.
Language: English
Subfield: Global and Planetary Change
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225612994
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
