Work

Adenomiozli Bemorlarda Hamroh Ginekologik Patologiyalarning Ultratovush Tekshiruvida Aniqlanishi

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Dolzarbligi. Adenomioz bachadon miometriysida endometriyga xos bezlar va stromaning mavjudligi bilan tavsiflanadigan ginekologik kasallikdir .Bu kasallik tarixan ichki endometrioz deb ataladi . Kasallikning klinik belgilari nospetsifik bo‘lishi va boshqa ginekologik patologiyalar bilan o‘xshash namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli tasviriy diagnostika usullari, xususan, ultratovush tekshiruvi adenomiozni aniqlash va bachadon tuzilishidagi o‘zgarishlarni baholashda muhim o‘rin tutadi. Ultratovush tekshiruvi adenomiozga shubha qilingan bemorlarda birinchi bosqichdagi asosiy tasviriy tekshiruv usullaridan biri sifatida tavsiya etiladi [1-3]. Adabiyotlarda adenomiozning bachadon miomasi va endometrioz kabi boshqa ginekologik kasalliklar bilan birgalikda uchrashi ham qayd etilgan [4]. Shuning uchun bachadon bilan bir qatorda tuxumdonlarni ham kompleks tekshirish hamroh patologik o‘zgarishlarni aniqlashga yordam beradi.
Language: Uzbek
Field: Medicine
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225619632
FWCI:
Cites: 3
Cited by:
Related to: 10