Work

Oilada Hissiy Yaqinlikni Shakllantirishning Psixologik Omillari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Maqolada oilada hissiy yaqinlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hissiy yaqinlik oila a’zolariningo‘zaro ishonchi, kechinmalarini ochiq ifodalashi, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq munosabatlar tizimisifatida talqin etiladi. Tadqiqotning maqsadi oilaviy yaqinlikni ta’minlovchi omillarni ilmiy manbalar asosida tizimlashtirish hamda ularning o‘zaro aloqasini ochib berishdaniborat. Ishda nazariy tahlil, qiyosiy yondashuv, ilmiy manbalarni umumlashtirish va tizimli talqin usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida ishonch, xavfsiz bog‘lanish,samimiy muloqot, empatiya, o‘zaro hurmat, hissiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy birdamlik va nizolarni konstruktiv hal etish o‘zaro bog‘liq psixologik omillar ekanligi aniqlandi.Oilaviy yaqinlik haddan tashqari bir-biriga qaramlik bilan teng emasligi, balki shaxsiy chegaralarni hurmat qilgan holda yaqinlik va mustaqillik muvozanatini saqlashni talabqilishi asoslab berildi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.Kalit so‘zlar: oila, hissiy yaqinlik, ishonch, bog‘lanish, empatiya, muloqot, hissiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy birdamlik, shaxsiy chegaralar, nizolarni hal etish.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225620088
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10