Year: 2026
Type: article
Abstract: Fidoyi adabiyotshunos, mohir tarjimon, benazir inson Elmira Denisovna Muratova – mening ustozim. 2014–2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oldim. Elmira Denisovnaning ilmiy rahbarligida “The Representation of People without Roots in John Cheever’s Short Stories” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi ustida ishladim. Ustoz bizga “Zamonaviy ingliz va Amerika adabiyoti”, “Adabiy oqimlar evolutsiyasi”, “Badiiy tarjima asoslari” kabi fanlardan ma’ruza qilar edilar. Jarangdor ovozlari, badiiy asarlarni berilib, hissiyot bilan tasvirlab berishlari hamon quloqlarimizda jaranglab turibdi. Aslida bu fanlardan ma’ruza qilish qanchalik og‘ir ekanini o‘zim ham o‘qituvchi bo‘lganimdan so‘ng angladim. Har bir ma’ruzada ba’zan bir, ba’zan esa bir necha asrlar adabiyoti, o‘nlab yozuvchilar, ijtimoiy-tarixiy va siyosiy voqealar qamrab olinadi. Yozuvchilarning har biri o‘nlab badiiy asarlardan iborat merosga ega. Usto
Author: Aziza Komilovna Axmedova
Institution: Uzbek State University of World Languages
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7225629001
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
