Mas'uliyat Muammosining Nazariy Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Mazkur maqolada mas’uliyat fenomenining psixologik mohiyati, uning shaxs tuzilishidagi o‘rni, shakllanish mexanizmlari va rivojlanish xususiyatlarinazariy jihatdan tahlil qilingan. Mas’uliyat muammosiga doir mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari, xususan, J. Piaje, Z. Freyd, E. Erikson, K.A. AbulxanovaSlavskaya, S.L. Rubinshteyn, K. Muzdibayev, A.F. Plaxotniy va boshqa tadqiqotchilarning nazariy yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, mas’uliyatning axloqiy, ijtimoiy, individual-psixologik va faoliyatga oid jihatlari ochib berilgan. Maqolada mas’uliyat shaxsning o‘z xatti-harakatlari, qabul qilgan qarorlari va ularningoqibatlarini anglash, o‘zini o‘zi boshqarish hamda ijtimoiy me’yorlarga ongli munosabat bildirish qobiliyatini ifodalovchi integrativ shaxsiy sifat sifatida talqin etilgan. Talabalarda mas’uliyatni shakllantirishda oilaviy tarbiya, ta’lim faoliyati, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy muhit va kasbiy yo‘nalganlikning ahamiyati asoslab berilgan.Kalit so‘zlar: mas’uliyat, shaxs, talabalar psixologiyasi, o‘quv faoliyati, ijtimoiy mas’uliyat, individual xususiyatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, axloqiy me’yorlar,motivatsiya, shaxslararo munosabatlar, kasbiy mas’uliyat.
Author: Sagindikova, Nargiza
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225639285
