Work

Eshitishida Nuqsoni Bo'lgan Bolalarga Savod O'rgatish Jarayonida Talaffuz Malakalarini Parallel Rivojlantirishning Ilmiy-nazariy Asoslari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada zaif eshituvchi bolalarga savod o‘rgatish jarayonida talaffuz malakalarini parallel rivojlantirish texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Muammoning dolzarbligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi rasmiy idoralarining so‘nggi statistik ma’lumotlari, jumladan, hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida dalillab berilgan. Ushbu maqolada savod o‘rgatish va talaffuz ustida ishlashni alohida, ketma-ket jarayonlar sifatida emas, balki yagona didaktik jarayonda parallel shakllantirish g‘oyasi ilgari suriladi: har bir tovush-harf birligi bir vaqtning o‘zida eshitish-ko‘rish, artikulyatsion-kinestetik va grafik kanallar orqali o‘zlashtiriladi. Mazkur yondashuv o‘qish texnikasi, nutqning tushunarliligi va og‘zaki muloqotga tayyorgarlikni o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishga xizmat qilishi, ixtisoslashtirilgan maktablar va inklyuziv ta’lim amaliyoti uchun ilmiy-metodik asos bo‘la olishi ko‘rsatilgan. Berilgan ma’lumotlar savod o‘rgatish darslarini rejalashtirish, talaffuz ustida ishlashni individuallashtirish hamda o‘qituvchi-defektologlarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225658390
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10