Work

“kibermakonda Inson Huquqlarini Ta’minlashda Davlatlararo Diplomatik Hamkorlikning Xalqaro-huquqiy Mexanizmlari”

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada kibermakonda inson huquqlarini ta’minlashda davlatlararo diplomatik hamkorlikning xalqaro-huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida shaxsning shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, fikr va so‘z erkinligi, axborot olish huquqi hamda boshqa fundamental huquqlarni kibermakonda ta’minlash bilan bog‘liq yangi huquqiy muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur muammolarni samarali hal etish davlatlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi, diplomatik muzokaralar, xalqaro shartnomalar, huquqiy yordam mexanizmlari va kiberjinoyatchilikka qarshi qo‘shma choralarni takomillashtirishni talab etadi. Tadqiqotda inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari, davlatlarning kibermakondagi yurisdiksiyasi, kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro hamkorlik hamda diplomatik mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishdagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Language: English
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225661928
FWCI:
Cites: 4
Cited by:
Related to: