Work

Jannat Va Do'zax Konseptlarining Kundalik Nutqda Sekulyarlashuvi: Ingliz Va O'zbek Tillari Misolida

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “jannat” va “do‘zax” konseptlarining diniy diskursdan kundalik muloqot, ommaviy axborot vositalari va reklama tiliga ko‘chishi semantik hamda lingvokulturologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu konseptlarni ifodalovchi leksik birliklarning diniy ma’nosi, metaforik kengayishi, baholovchi xususiyatlari va pragmatik vazifalariga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilidagi heaven, hell birliklari hamda o‘zbek tilidagi jannat, do‘zax, jahannam leksemalarining lug‘aviy ma’nolari va frazeologik qo‘llanishi qiyoslanadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda mazkur birliklar diniy mazmun bilan bir qatorda baxt, farovonlik, azob-uqubat va salbiy tajribani ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Ingliz tilida hell leksemasining norasmiy va kuchaytiruvchi vazifalari lug‘atlarda ham qayd etilgan. O‘zbek tilida esa jannat va do‘zax birliklari diniy-axloqiy hamda marosimiy kontekstlarda faol qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari diniy leksikaning semantik rivojlanishi, milliy lisoniy manzara va tillararo tarjima masalalarini o‘rganishda ahamiyat kasb etadi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225742972
FWCI:
Cites: 5
Cited by:
Related to: