Work

Birlamchi Tibbiy Yordamdan Foydalanish Imkoniyatlarini Oshirishda Sunʼiy Intellektning Oʻrni Va Ahamiyati

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada birlamchi tibbiy yordam tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati hamda qulayligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, sun’iy intellekt asosida kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni dastlabki saralash, masofaviy tibbiy maslahatlar tashkil etish, elektron tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellektni birlamchi tibbiy yordam tizimiga joriy etish bilan bog‘liq texnik, tashkiliy, iqtisodiy va axloqiy muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225743848
FWCI:
Cites: 7
Cited by:
Related to: