Work

Alohida Ta’lim Ehtiyojlari Bo‘lgan Bolalar Bilan Ishlashning O’ziga Xos Yondashuvlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqola alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashda psixologik yondashuvlarning samaradorligini tahlil qiladi. Unda bunday bolalarning psixologik holati o‘rganilib, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda qo‘llaniladigan samarali psixologik usullar va strategiyalar yoritiladi. Psixologik yondashuvlar o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini yengillashtirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, ijtimoiy va emotsional holatni yaxshilashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, alohida ehtiyojlarga ega bolalarga moslashtirilgan ta’lim metodlari, pedagogik strategiyalar, psixologik yordam shakllari va rivojlanish bosqichlariga mos psixoterapevtik usullar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Bolalar bilan ishlashda psixologlar, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola ta’lim muassasalarining psixologik resurslaridan foydalanish orqali bunday bolalarga samarali ta’lim berish imkoniyatlarini ham ochib beradi. Mazkur tadqiqotda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, bolalarning bilish jarayonlari, emotsional-irodaviy rivojlanishi, kommunikativ ko‘nikmalari va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashda individual yondashuv, inklyuziv ta’lim tamoyillari hamda pedagogik-psixologik hamkorlikning ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun qulay, xavfsiz va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Field: Psychology
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225755195
FWCI:
Cites: 3
Cited by:
Related to: 10