Work

Protective Orders for Corruption Whistleblowers in Uzbekistan: Legal Nature and Limits of Application

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni bilan joriy etilgan, korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarga beriladigan himoya orderi tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi – orderning huquqiy tabiati va amal qiliş çegaralarini aniqlaş. Buning uçun törtta savolga javob berilgan: order kim uçun majburiy, u xususiy iş beruvçilarga tatbiq etiladimi, uni buzgan iş beruvçi qanday javobgar böladi va ta’qib qilinganlikni isbotlaş majburiyati kimning zimmasida. Tadqiqotda formal-yuridik, tizimli va qiyosiy-huquqiy usullar qöllanildi; taqqoslaş uçun xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş böyiça himoya orderi, Yevropa Ittifoqining 2019/1937-son Direktivasi, Yevropa Kengaşi Vazirlar qömitasining CM/Rec(2014)7-son Tavsiyasi va AQŞ federal qonunçiligi olindi. Natijalar orderning hozirça farmonning bitta bandiga asoslanişini, uning mazmuni, muddati, adresati va sanksiyasi belgilanmaganini hamda u öz-özidan iş beruvçi huquqlarini çeklay olmasligini körsatdi. Orderni qonunda mustahkamlaş, uni xususiy iş beruvçilarga tatbiq etiş, Agentlik roziligi talabini, maxsus javobgarlikni joriy etiş va isbotlaş majburiyatini qayta taqsimlaş taklif etilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225757208
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: