Work

Sun’iy Intellekt Va Avtomatlashtirish Texnologiyalarining O‘zbekiston Mehnat Bozoriga Hamda Unumdorlikka Ta’siri

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tadqiqot ishida sun’iy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining O‘zbekiston mehnat bozori, iqtisodiy faoliyat turlari hamda mehnat unumdorligiga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks iqtisodiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar ko‘rsatish tizimi, boshqaruv mexanizmlari va kasbiy faoliyat mazmunida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar yoritiladi. Vazifalarga asoslangan tahlil yondashuvi orqali sun’iy intellektning mehnat jarayonlariga ta’siri uchta asosiy yo‘nalish, ya’ni inson mehnatini texnologiyalar bilan almashtirish, xodimlarning mavjud kasbiy faoliyatini texnologik vositalar orqali to‘ldirish hamda yangi kasblar va mehnat vazifalarini shakllantirish mexanizmlari asosida o‘rganiladi. Shuningdek, avtomatlashtirish jarayonlarining yuqori, o‘rta va past malakali ishchi kuchiga ta’siri, ayrim kasblarga bo‘lgan talabning qisqarishi, yangi kompetensiyalarga ehtiyojning ortishi hamda bandlik tarkibidagi kutilayotgan o‘zgarishlar baholanadi. O‘zbekiston mehnat bozorining amaldagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari, iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandlik darajasi, ishchi kuchining kasbiy va malakaviy tarkibi, mehnat unumdorligi dinamikasi hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilish darajasi tahlil uchun asos qilib olinadi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225768052
FWCI:
Cites: 8
Cited by:
Related to: 10