Aralash Ta’lim Sharoitida Learnschool Raqamli Ta’lim Platformasidan Kompleks Foydalanish Metodikasi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada aralash ta’lim sharoitida LearnSchool raqamli ta’lim platformasidan kompleks foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Auditoriya mashg‘ulotlari va raqamli muhitdagi mustaqil ta’lim faoliyatini uyg‘unlashtirish, o‘quv resurslari, testlar, diagnostika hamda statistik ma’lumotlardan pedagogik maqsadlarda foydalanish masalalari tahlil qilingan. Mualliflik metodik modeli besh komponent maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli, diagnostik-tahliliy va baholash-natijaviy komponentlar birligiga asoslangan. Modelni amalga oshirish bosqichlari, platforma funksiyalarining pedagogik vazifalar bilan mosligi va Learning Analytics ma’lumotlarini pedagogik qarorlarga aylantirish ketma-ketligi taklif etilgan. Tadqiqot nazariy-metodik xarakterga ega bo‘lib unda tajriba-sinov natijalari yoki tasdiqlanmagan statistik ko‘rsatkichlar keltirilmaydi. Platformaning mavjud resurslar, testlar, diagnostika va statistika imkoniyatlari amaldagi funksional tayanch sifatida, sun’iy intellektga asoslangan tavsiyalar esa istiqboldagi rivojlantirish yo‘nalishi sifatida talqin etilgan.
Institution: University of Tashkent for Applied Sciences
Language: English
Subfield: Information Systems
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225773907
