Begunohlikdan O`zini Anglashgacha : Langston Hughesning "not Without Laughter" Romanida Sandy Rogersning Intellektual Va Psixologik Kamoloti
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tezisda Langston Hughesning “ Not Without Laughter’’(1930) romanida Sandy Rogers obrazining bolalikdan o`smirlikka o`tish davridagi intellectual va psixologik kamoloti tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sandyning ulg’ayishi oddiy biologic yosh o’zgarishi emas, balki turli hayotiy sinovlar orqali yuzaga keladigan bosqichma-bosqich uyg`onish jarayoni sifatida ko`rib chiqiladi. Bo`ron, irqiy kamsitish, qashshoqlik, mehnat, oilaviy yo`qotish va ta’lim bilan bog’liq voqealarning qahramon dunyoqrashiga ta’siri o`rganiladi. Hamda oila a’zolarining turlicha qarashlari Sandy shaxsiyatining shakllanishida qanday ro`l o`ynagani yoritiladi.Asarda Sandy o`tmishini rad etmaydi, balki oilasidan olgan qadriyatlarini o`z tajribasi bilan uyg`unlashtirib, mustaqil shaxsga aylanadi.
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225785398
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
