Work

Maktabgacha Ta'limda Generativ Sun'iy Intellekt Yordamida Didaktik Materiallarni Tayyorlash: Pedagogik Imkoniyatlar Va Baholash Mezonlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolaning maqsadi maktabgacha ta'limda generativ sun'iy intellekt (SI) yordamida didaktik materiallar tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari, xavflari va sifat mezonlarini aniqlashtirishdan iborat. Materiallar va metodlar: O'zbekistonning maktabgacha ta'limga oid normativ hujjatlari, UNESCO va UNICEF tavsiyalari hamda tanlangan xalqaro tadqiqotlar maqsadli narrativ tahlil, qiyoslash, tasniflash va pedagogik modellashtirish usullarida o'rganildi. Natijalar: SI vositalarining tarbiyachi faoliyatidagi besh qo'llanish yo'nalishi tizimlashtirildi; didaktik materialni yaratish va ekspertizadan o'tkazishning pedagog nazoratidagi olti bosqichli tavsiyaviy ish ketma-ketligi hamda yetti sifat mezonidan iborat dastlabki chek-list shakllantirildi. Muhokamada mazmuniy xatolar, yoshga moslik, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va ekransiz o'yin faoliyatining ustuvorligi ko'rib chiqildi. Xulosa: generativ SI tarbiyachining kasbiy qarorini almashtirmasdan, material tayyorlashga yordamchi vosita sifatida qo'llanishi mumkin. Taklif etilgan model va mezonlarning samaradorligi empirik jihatdan hali sinovdan o'tkazilmagan.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225787840
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: