Work

Ichki Ishlar Organlari Xodimlarida Xizmat Turi Va Stajiga Bog‘liq Psixologik Xavfni Baholash Protokoli

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ichki ishlar organlari (IIO) xodimlarining ruhiy salomatligi kasbiy ishonchlilik va jamoat xavfsizligining tibbiy-ijtimoiy sharti hisoblanadi, biroq milliy amaliyotda psixologik xavf xizmat turi va staj kesimida tizimli baholanmagan, harbiy-tibbiy komissiya (HTK) doirasidagi baholash esa bir martalik suhbat bilan cheklanadi. Maqsad - IIO xodimlarida xizmat turi va stajiga bog‘liq psixologik xavfni baholashning ilmiy asoslangan tadqiqot protokolini ishlab chiqish va metodologik jihatdan asoslash. Metodlar. Xalqaro dalillar bazasining tanqidiy tahlili asosida stratifikatsiyalangan kogort dizayni tuzildi: safdan tashqari xizmat (n=180), safdagi xizmat (n=120), IIV psixologlari referent guruhi (n=60) va 30 nafar mutaxassisdan iborat koordinatsiya jamoasi; staj bo‘yicha uchta kogorta; T0-T4 chorak-davriy o‘lchovlar. Statistik quvvat oldindan hisoblandi. Natijalar. Psixologik xavfning besh komponentli operatsional modeli, metodikalar majmuasi, beshta tekshiriladigan gipoteza, chalkashtiruvchi omillarni nazorat qilish sxemasi va differensial psixoprofilaktik marshrutlash matritsasi ishlab chiqildi. Dizayn guruhlararo o‘rtacha kichik farqlarni (Cohen h=0,33) aniqlash quvvatiga ega. Xulosa. Protokol IIO xodimlarida psixologik xavfni yagona ball emas, balki xizmat turi va stajga xos tuzilma sifatida baholash imkonini beradi.
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225811461
FWCI:
Cites: 8
Cited by:
Related to: 10