Work

Nemis Va O'zbek Tillarida Miqdor Funksional-semantik Maydonining Qiyosiy Tahlili

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada nemis va o'zbek tillarida miqdor kategoriyasining funksional-semantik maydon sifatidagi lingvistik tabiati qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Miqdor ma'nosining leksik, morfologik, sintaktik hamda leksik-grammatik vositalar orqali ifodalanish xususiyatlari, ushbu vositalarning o'zaro semantik munosabatlari va maydon tarkibidagi funksional mavqeyi tahlil qilinadi. Tadqiqotda miqdor funksional-semantik maydonining yadro va periferiya qismlari ajratilib, ularning har ikki tildagi ifoda imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, aniq, noaniq, taxminiy, jamlovchi va distributiv miqdor ma'nolarining yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi til birliklari qiyoslanadi. Nemis tilining flektiv-analitik, o'zbek tilining esa agglutinativ xususiyatlari miqdor semantikasining grammatik ifodalanishiga turlicha ta'sir ko'rsatishi asoslanadi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki tilda miqdor ma'nosini ifodalovchi vositalarning funksional umumiyligi hamda struktur-semantik farqlari yoritiladi.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225822764
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: