Work

Bo'lajak Sport Psixologlarida Kasbiy Kompetentlikni Rivojlantirishning Psixologik Xususiyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak sport psixologlarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari, uning tarkibiy komponentlari hamda shakllanishiga ta’sir etuvchi individual-psixologik omillar tahlil qilingan. Xususan, kasbiy motivatsiya, kognitiv salohiyat, emotsional barqarorlik, kommunikativ qobiliyat, refleksiv yondashuv, stressga chidamlilik va kasbiy identifikatsiyaning mutaxassis tayyorgarligidagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda bo‘lajak sport psixologlarining kasbiy kompetentligini baholashga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar hamda matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Faktorli tahlil natijalari asosida kasbiy kompetentlikning rivojlanishida shaxsning emotsional-irodaviy, kommunikativ, ijtimoiy yetuklik va o‘zini boshqarish xususiyatlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, sport psixologlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, psixologik barqarorlikni rivojlantirish va refleksiv ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: bo‘lajak sport psixologlari, kasbiy kompetentlik, kasbiy motivatsiya, emotsional barqarorlik, kommunikativ kompetensiya, refleksiya, stressga chidamlilik, kognitiv moslashuvchanlik, kasbiy identifikatsiya, psixodiagnostika.
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225823805
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10