Bölajak Maktabgaça Ta'lim Pedagoglarining Kognitiv Kompetensiyasini Rivojlantirişda Mnemonik Texnologiyalar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada bölajak maktabgaça ta'lim pedagoglarining kognitiv kompetensiyasini rivojlantirişda mnemonik texnologiyalardan foydalanişning nazariy-metodologik asoslari va didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Mnemonik texnologiyalarning axborotni idrok etiş, mazmunan qayta işlaş, tizimlaştiriş, assotsiativ boğlanişlarni hosil qiliş, kodlaş va uzoq muddatli xotirada saqlaş jarayonlariga ta'siri pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Mualliflarning ilmiy qaraşlari asosida mnemonik texnologiyalarni bölajak tarbiyaçilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi bilan integratsiyalaşning didaktik imkoniyatlari oçib berilgan. Şuningdek, kognitiv faollikni rivojlantirişga yönaltirilgan diagnostik, axborotni mazmunan qayta işlaş, mnemonik modellaştiriş, kasbiy vaziyatlarda qöllaş va refleksiv-baholaş bosqiçlarini qamrab oluvçi metodik ketma-ketlik taklif etilgan. Mnemonik texnologiyalardan maqsadli foydalaniş talabalarda mantiqiy va assotsiativ tafakkur, mustaqil bilim oliş, axborot bilan işlaş hamda özlaştirilgan bilimlarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tatbiq etiş kompetensiyalarini rivojlantirişga xizmat qilişi asoslangan. Kalit sözlar: mnemonika, mnemonik texnologiyalar, kognitiv kompetensiya, kognitiv faollik, assotsiativ tafakkur, axborotni kodlaş, vizuallaştiriş, uzoq muddatli xotira, kasbiy-pedagogik tayyorgarlik, bölajak tarbiyaçi.
Author: M., Qambarova
Institution: Andijon Davlat Pedagogika instituti
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Keywords: mnemonics, cognitive skills, cognitive activity, associative thinking, information encoding, visual aids, long-term memory, pre-service teachers, teacher professional development, professional-pedagogical training, cognitive activity development, reflective assessment, self-directed learning, information processing, pedagogical competence
SDG: Quality education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225827715
