Work

Maktab Muhitida Bolalar O‘rtasidagi Zo‘ravonlik Va Tazyiqning Oldini Olishda Ijtimoiy Ishning Roli

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada maktab muhitida bolalar o‘rtasidagi zo‘ravonlik va tazyiqning ijtimoiy-pedagogik sabablari, shakllari hamda ularning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi zo‘ravonlikning oldini olishda ijtimoiy ishning o‘rni va samarali yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida zo‘ravonlikni erta aniqlash, jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, tajovuzkor xulq-atvorni tuzatish hamda oila va maktab hamkorligini kuchaytirishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, xavfsiz va inklyuziv muhitni shakllantirishga qaratilgan profilaktik choralar taklif etilgan.
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225864101
FWCI:
Cites: 1
Cited by:
Related to: 10