Eshitishida Nuqsoni Bo'lgan Bolalarda Nutq Va Muloqot Ko'nikmalarini Shakllantirishning Pedagogik Usullari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutq va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik usullari hamda zamonaviy surdopedagogik yondashuvlar yoritilgan. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalarning psixofiziologik xususiyatlari, daktilologiya, imo-ishora nutqi, labdan o‘qish hamda vizual-ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchi 7-10 yoshdagi eshitishi og‘ir va kar bolalar guruhida pedagogik kuzatuv va mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompleks surdopedagogik usullar hamda multisensor yondashuvni (ko‘rish, taktil-vibratsion sezgilarni safarbar etish) qo‘llash bolalarning lug‘at boyligini va muloqotga kirishish faolligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada olingan natijalar maxsus va inklyuziv ta'lim jarayonida pedagog surdopedagoglar, logopedlar hamda ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225869323
