Gender Yondashuv Asosida O‘quvchilarning Kasbiy Navigatsiyasida Mahalla Va Maktab Integratsiyasi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada gender yondashuv asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarining kasbiy navigatsiyasini tashkil etishda mahalla va maktab integratsiyasining nazariy asoslari hamda pedagogik mexanizmlari yoritilgan. “Kasbga yo‘naltirish” va “kasbiy navigatsiya” tushunchalarining farqi ochib berilib, “mahalla yettiligi” a’zolari va maktab pedagogik jamoasi funksiyalarining genderga sezgir integratsiyalashgan modeli taklif etilgan. Model maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik va natijaviy-baholovchi komponentlardan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning yosh davrlariga mos to‘rt bosqichli kasbiy navigatsiya trayektoriyasini nazarda tutadi.
Author: Shoxsanam Baxtiyor kizi Barotova
Language: Uzbek
Subfield: Applied Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225888831
