Work

Talabalarda Akademik Prokrastinatsiyani Bartaraf Etishda Integrativ Modelning Psixologik Mexanizmlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida akademik prokrastinatsiya namoyon bo‘lishining psixologik tabiatini kompleks tahlil qilish va uni bartaraf etishda integrativ yondashuvning samadorligi tadqiq etiladi. Maqolada kognitiv-bihevioral, psixodinamik va gumanistik-ekzistensial nazariyalarni birlashtiruvchi integrativ model hamda uning asosiy psixologik mexanizmlari (kognitiv refreyming, emotsional self-regulyatsiya va motivatsion-irodaviy korreksiya) yoritib berilgan. Talabalarda kognitiv komponentlarni aniqlashda C.Layning "Akademik prokrastinatsiya shkalasi" (PASS), Emotsional-irodaviy komponent uchun A.Zverkov va E.Eydmanning "Irodaviy o'z-o'zini boshqarish" test- so'rovnomasi, Motivatsiya darajasini aniqlashda T.Elersning "Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi" metodikalaridan foydalanildi. Olingan natijalar talabalarning akademik o‘zlashtirishini oshirish va ularda mas’uliyatli o‘quv xulq-atvorini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225890616
FWCI:
Cites: 7
Cited by:
Related to: 10