Work

Yuqori Sinf O‘quvchilarining Ingliz Tilidagi Leksik Kompetensiyasini Rivojlantirishning Lingvodidaktik Asoslari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va lingvodidaktik asoslari tadqiq etiladi. Zamonaviy chet til ta’limida leksik kompetensiyaning kommunikativ kompetensiya tarkibidagi o‘rni, uning mazmuniy xususiyatlari, tarkibiy komponentlari hamda nutq faoliyati turlari bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik kompetensiyaga oid milliy va xorijiy ilmiy yondashuvlar qiyosiy o‘rganilib, lug‘aviy bilimning kengligi va chuqurligi, retseptiv va produktiv xususiyatlari, kollokatsion bilim, mental leksikon hamda leksik strategiyalarning ahamiyati aniqlashtiriladi. Nazariy tahlil asosida leksik kompetensiyaning lug‘aviy zaxira, semantik, kombinator, uslubiy-pragmatik va strategik komponentlardan tashkil topgan besh tarkibli modeli tizimlashtiriladi. Mazkur komponentlarni birlashtiruvchi funksional ko‘rsatkich sifatida leksik birliklarni avtomatlashgan tarzda qo‘llash qobiliyati asoslanadi. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda kommunikativ topshiriqlar, kontekstga asoslangan mashqlar, kollokatsiyalar bilan ishlash hamda retseptiv lug‘atni produktiv faoliyatga o‘tkazishning metodik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari leksik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash uchun nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225905362
FWCI:
Cites: 7
Cited by:
Related to: 10