Ingliz Tili Darslarida Ko'rgazmali Didaktik Vositalardan Foydalanishning Leksik Bilimlarni O'zlashtirishga Ta'siri
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida ko‘rgazmali didaktik vositalardan foydalanishning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari leksik bilimlarini o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri yoritilgan. Unda ko‘rgazmali vositalarning pedagogik va psixologik xususiyatlari, ularning yangi so‘zlarni o‘rgatish, eslab qolish hamda nutqiy faoliyatda qo‘llashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish, qiyosiy tahlil, umumlashtirish va pedagogik kuzatish usullaridan foydalanishning nazariy imkoniyatlari asos qilib olingan. Shuningdek, rasmlar, kartochkalar, predmetli tasvirlar, plakatlar va vizual taqdimotlardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada ko‘rgazmali didaktik vositalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va leksik o‘zlashtirish darajasiga mos tanlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225908458
