Year: 2026
Type: article
Abstract: Inson genomining individuallikka asoslangan tuzilishi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sud-huquq amaliyotida tamomila yangi tekshirish usulining — DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) sud-biologik ekspertizasining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. 1984-yilda britaniyalik genetik Aleks Jefris tomonidan ishlab chiqilgan “DNK barmoq izi” (DNA fingerprinting) usuli birinchi marta 1986-yilda Angliyada real jinoiy ish bo‘yicha qo‘llanilgan va shundan boshlab ushbu sohaning jadal rivojlanish davri boshlandi.
Language: English
Subfield: Genetics
Domain: Life Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225912311
