Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada oʻsmirlik davrida agressiv xulq-atvor shakllanishining yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilindi. Agressiya va agressivlik tushunchalarining farqi, agressiyaning jismoniy, verbal, bilvosita (relyatsion) va kiberagressiya kabi shakllari hamda reaktiv va proaktiv turlari yoritilgan. Kichik, oʻrta va katta oʻsmirlik bosqichlarida agressiv xulqning namoyon boʻlish xususiyatlari, uning shakllanishiga taʼsir etuvchi oilaviy, tengdoshlar guruhi, maktab va raqamli muhit omillari ochib berilgan. Omillar, psixologik mexanizmlar va agressiya shakllarini bogʻlovchi model hamda psixodiagnostika va profilaktikaga oid tavsiyalar taklif etilgan.
Institution: Navoi State University
Language: Uzbek
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225919955
