Work

O‘rta Masofaga Yuguruvchilar Tayyorgarligida Mashg‘ulot Jarayonini Rejalashtirish

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada o‘rta masofaga yuguruvchi sportchilar tayyorgarligida mashg‘ulot jarayonini ilmiy asosda rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘rta masofaga yugurish sportchidan yuqori darajadagi umumiy va maxsus chidamlilik, tezkorlik, tezkor-kuch sifatlari, harakatlar muvofiqligi hamda musobaqa davomida kuchni to‘g‘ri taqsimlash qobiliyatini talab etadi. Shu sababli mashg‘ulot jarayonini tashkil etishda sportchining individual xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasi, yosh ko‘rsatkichlari, sport tajribasi va musobaqa taqvimi hisobga olinishi zarur. Maqolada yillik tayyorgarlik sikli, makrotsikl, mezotsikl va mikrotsikllarni rejalashtirish, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va shiddatini boshqarish, tiklanish jarayonlarini tashkil etish hamda sport natijalarini nazorat qilish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, 800 va 1500 metr masofalarga ixtisoslashgan yuguruvchilar tayyorgarligidagi o‘ziga xos farqlar ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqilgan.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225920064
FWCI:
Cites: 2
Cited by:
Related to: 10