Work

Maktab Maslahatchisi Faoliyatida Individual Yondashuv: O‘quvchi Ehtiyojlarini Aniqlash Va Pedagogik Qo‘llab-quvvatlash

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida maktab maslahatchisi faoliyatini individual yondashuv asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori o‘quvchining ta’limiy, ijtimoiy, kommunikativ, ijodiy va kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash, ushbu ehtiyojlar asosida maqsadli pedagogik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish hamda individual rivojlanish yo‘nalishini shakllantirish masalalariga qaratilgan. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va maktab maslahatchisi faoliyatiga oid xalqaro tajriba qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasida maktab maslahatchisi lavozimining joriy etilishi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash, ular bilan maqsadli ishlash va individual ish rejalarini shakllantirish uchun yangi institutsional imkoniyat yaratgani asoslandi. Tadqiqot natijasida o‘quvchi ehtiyojlarini aniqlashning diagnostik, tahliliy, maslahat va monitoring bosqichlaridan iborat modeli taklif etildi. Mazkur model individual yondashuvni o‘quvchining kuchli jihatlarini aniqlash, mavjud to‘siqlarni kamaytirish, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mustaqil rivojlanish strategiyasini shakllantirish bilan bog‘laydi.
Source: HSR (London)
Language: English
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7225969217
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10