«QALBINGIZDAGI KUCHNI UYG'OTING!» — deydi Saodat Egamova
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ba'zan hayot insonni sinovlar bilan toblaydi. Qiyinchiliklar esa odamni yo sindiradi, yo yanada kuchliroq qiladi. Bugungi qahramonimiz — aynan kuchli bo'lishni tanlagan ayol, oddiy oila vakilasi edi. Saodat Egamova 1976-yil 26-aprelda Uychi tumanida oddiy oilada voyaga yetgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turli muammolar, moddiy qiyinchiliklar, turmush o'rtog'i Qodirjon akaning to'satdan kasallikka chalinishi boshini berk ko'chaga olib kirib qo'ydi. U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazida hamshira bo'lib ishlasa-da, oila, ro'zg'or tashvishlari, ayniqsa, kundan-kunga salomatligi yomonlashib borayotgan umr yo'ldoshini davolatish oson kechmadi. Turmush o'rtog'i 2011-yilda vafot etdi. Taqdirning achchiq sinovi oldida Saodat opa o'zini yo'qotib qo'ymadi. Farzandlariga bosh bo'lib, ularni oyoqqa turg'izish kerak edi-da.
Author: Saodatxon Abdumalikovna EGAMOVA
Topic: Resilience and Mental Health
Subfield: Clinical Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Keywords: Uzbek women, family life, resilience, elderly care
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225988393
